Birjada shakar narxi pasaydi

Saqlash
00:44 / 15.06.2022 877 0

10—14-iyunda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida oʻtkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga koʻra, shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 million 554,5 ming soʻmdan 10 million 754,9 ming soʻmgacha, yaʼni 26,1 foizga pasaydi.
 

Koʻrib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barchasi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 3 ming tonna va “Angren shakar” MCHJ tomonidan 3 ming 4 tonna shakar sotilgan.

 

 

Taʼkidlanishicha, shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar oʻrtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//