Jamiyat
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida pedagogika kolleji pora bilan qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Sariosiyo tuman pedagogika kolleji direktori oʻrinbosari Sh.Q. fuqaro N.ni ushbu kollejga oʻqishga kiritib qoʻyishga yordam berishni vaʼda qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, u 5 million soʻm talab qilib, shundan 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111636
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75130
Jamiyat
//
Izoh yo‘q