Andijonda maymun chechagi qayd etilgani boʻyicha xabar tarqaldi

Saqlash
02:08 / 14.06.2022 814 0

12-iyun kuni ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Asaka tumanida bemorda toshmalar toshganligi, bu xatarli dunyo boʻyicha tarqalayotgan maymun chechagi boʻlishi mumkinligi boʻyicha xabarlar paydo boʻlgan.

 

Andijon viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi rahbarligida malakali mutaxassislar: infeksionist, toksikolog, terapevt, koj-venerolog, allergolog va boshqa bir nechta mutaxassislar ishtirokida bevosita bemorning oʻzi koʻrikdan oʻtkazildi, xabarlar asossiz ekanligi tasdiqlandi.

 

Bemor, X.Yu. 1973-yilda tugʻilgan, Asaka tumanida yashaydi.

 

2022-yil 12-iyun kuni soat 11-07da RSHTYOIM Andijon filiali Toksikologiya boʻlimiga “Badaniga toshmalar toshish, tana xarororati koʻtarilish, bezovtalik, nafas boʻgʻilishi, bezovtalik, oʻta holsizlikka” shikoyati bilan yotqizilgan.

 

Anamnezida bemor “Yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi va boʻyin limfa tugunlari kattalashish” tashxisi bilan 3 kun uyida davolangan, davolanish davrida bemor turli dori-vositalari: inyeksiyalarni qabul qilgan, bemorda 2 kun davomida badanlarida asta-sekin toshmalar paydo boʻlib, ogʻiz ichiga ham toshmalar toshgan, toshmalar boshlangan davrda Asaka tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat qilgan va boʻlimda 1 kun davomida davolangan, soʻng bemorda ijobiy oʻzgarishlar sezilarli darajada boʻlmaganligi sababli Respublika Shoshilinch Tibbiy yordamida ilmiy markazi Andijon filialiga yuborilgan, bemorga koʻrsatilgan muolajalar natijasida umumiy holatida yaxshilanish kuzatildi, bemorga reanimatsiya choralari shart emasligi uchun oddiy palatada davolanishni davom ettirmoqda.

 

Bemorga dori moddalarga allergik reaksiya - (Sindrom Layella) tashxisi qoʻyildi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//