Madaniyat
Turizm va madaniy meros vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Hujjat loyihasiga koʻra, quyidagilar Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizmni rivojlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilanmoqda:
– turizm namoyishi obyektlari infratuzilmasi, birinchi navbatda madaniy meros obyektlari, ziyorat obyektlari, muzeylar, teatrlar va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish;
– turizm sohasi subyektlari, shu jumladan, turoperator va turagentlar, joylashtirish vositalari hamda transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarga sayohat davomida hamrohlik qiluvchi fuqarolarni ragʻbatlantirish;
– nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz turizmni amalga oshirishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni tizimli hamda faol targʻibot kampaniyalarini tashkil etish orqali ular xabardorligini oshirish;
– zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda turizm namoyishi obyektlarida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
– nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, fuqarolar va homiylar xayriyalari hamda xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlarini jalb qilish tizimini takomillashtirish orqali toʻsiqsiz turizmni amalga oshirish.
Shuningdek, 2023-yildan boshlab respublika hududlarida quyidagi bosqichlarda “Toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” amalga oshiriladi:
2023-yil 1-yanvardan boshlab:
– madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarning 2 foizi nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlariga har qanday shikast yetkazishning oldini olgan holda pandus, plintus va liftlar oʻrnatishga yoʻnaltiriladi;
– “2022—2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonga asosan davlat byudjetidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlarning 5 foizi:
– respublikaning toʻsiqsiz turizm salohiyatini (video, foto va tarqatma materiallar tayyorlash) OAV, ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun infoturlar tashkil qilish;
– xalqaro va xorijiy turizm koʻrgazma, yarmarkalarda respublikada toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida mamlakatning salohiyatini namoyish qiluvchi targʻibot va tarqatma materiallar tayyorlash;
– “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida “Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizm” ekspozitsiyasini tashkil etish va oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, qaror loyihasiga muvofiq, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida “Turizm”, “Gid hamrohligi” hamda “Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarining 1 foizi miqdorida davlat grantlariga kvotalar ajratish tizimi joriy qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q