Jamiyat
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida artizan qudugʻiga tushib ketgan bola qutqarildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, 12-iyun kuni soat 14:01 larda tumanning Langar qishlogʻida yashovchi fuqaro viloyat FVBga murojat qilib, soat 13:30 larda oʻzlariga tegishli boʻlgan dala maydonida qazilgan, 200 diametrli suvsiz artizan quduqqa 6 yoshli oʻgʻli tushib ketganini bildirib, yordam soʻragan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari yetib borgan. Qutqarish ishlariga FVB maxsus texnikalari, yaʼni ekskavator va greyder jalb etilgan.
Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola 13-iyun kuni soat 10:25 da qutqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat koʻrsatish uchun tez tibbiy yordan xodimlariga topshirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111317
Jamiyat
94574
Jamiyat
90535
Jamiyat
74812
Jamiyat
//
Izoh yo‘q