Madaniyat
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi "PRODIGY PUBLISHED" nashriyot uyi «O‘zbek karvoni/Uzbekskiy karavan/ Uzbek caravan" o‘zbek she’riyati antologiyasini o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etdi.
Mazkur nashrga o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakillari Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya, O‘zbekiston xalq shoirlari, O‘zbekiston qahramonlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O‘zbekiston xalq shoirlari Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azim, Xurshid Davron, Muhammad Yusuf, Minhojiddin Mirzo, Sirojiddin Sayyid va boshqa taniqli shoirlar ijod namunalari jamlangan.
Qariyb 600 betdan iborat rangli nashrda taniqli o‘zbek shoirlarining she’rlari bilan birga ularning suratlari hamda tarjimai hollari ham o‘rin olgan. Antologiyadan joy olgan asarlarni sof o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga qirg‘izistonlik o‘zbek shoiri va tarjimoni Rahim Karim o‘girgan.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112320
Jamiyat
94992
Jamiyat
91116
Jamiyat
75881
Jamiyat
//
Izoh yo‘q