Madaniyat
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashkil etilganiga 85 yil to‘ldi. Ushbu san’at maskani o‘zbek va dunyo musiqasini targ‘ib etish, soha uchun yuqori intellektual salohiyatli, iste’dodli musiqachilarni yetishtirishda muhim sarchashma vazifasini o‘tamoqda.
Poytaxtimizda ushbu oliy musiqa o‘quv dargohi tashkil etilganining 85 yillik yubileyi SHHTga a’zo davlatlar musiqiy oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bilan uyg‘un tarzda o‘tkazildi. Uning doirasidagi anjuman, ijodiy muloqot va uchrashuvlar, yirik forumlarning o‘ziga xos sarhisobi sifatida ochiq osmon ostidagi konsert tadbir qatnashchilari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning vakillari, musiqashunos, kompozitorlarni o‘ziga chorladi.
Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari –O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, ushbu oliy o‘quv yurtining bir guruh professor-o‘qituvchilari, musiqashunoslar, iqtidorli talabalari Vatanimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi. Ularga mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov topshirdi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari Abdujabbor Abduvohidov, Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q