Madaniyat
Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Boysun tumanlarida ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirilgan edi. Bugun ularning safi yana bittaga ko‘paydi – Sherobod tumanida ham ana shunday ziyo maskani ochildi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, Sherobod tuman hokimi o‘rinbosari Maqsud Choriyev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur maskanda kutubxona, baxshichilik to‘garagi, xodimlar xonasi mavjud bo‘lib, bino zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Kutubxonada Xotira burchagi ham tashkil qilingan, unda tumandagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va tuman hokimi vazifasida faoliyat yuritgan rahbarlarning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroki aks etgan suratlari o‘rin olgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ziyo maskanida yoshlarning shaxmat, shashka, stol tennisi bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Kelgusida ushbu ziyo maskani tumanda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bilan birgalikda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q