Siyosat
Bugun Konstitutsiyaviy komissiyaning uchinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn tarzda namoyish etildi.
Tadbir avvalida Konstitutsiyaviy komissiyaga 9-iyun soat 20:00 holatiga koʻra 19 188 ta taklif kelib tushgani maʼlum qilindi.
Oliy Majlis Senati Xotin qizlar va gender tenglik masalasi qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova, jumladan, 65-moddadagi “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” degan normaga “otalik” soʻzini ham kiritish masalasini ilgari surdi.
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov Bosh qomusimizdagi ushbu kemtiklik uzoq yillardan buyon tanqid qilib kelinayotganini esga oldi.
“Taxminan 1995-96 yillarda fransuz olimlaridan biri mazkur masalada nega erkaklarni kamsityapsizlar, axir Konstitutsiyangizda otalik haqida modda yoʻq-ku, degan edi. BMT Ayollar qoʻmitasi ham doim bu masalani tanqid ostiga oladi”, deydi u.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Sport
110990
Jamiyat
94498
Jamiyat
90432
Jamiyat
74451
Jamiyat
//
Izoh yo‘q