JSST koronavirusning yanada xavfli shtammi paydo boʻlishidan jiddiy xavotirda

Saqlash
22:06 / 10.06.2022 779 0

Bugun dunyoda epidemiologik vaziyat bir qadar izga tushganday. Harholda, odamlar avvalgidek xavotir va sarosimaga tushayotgani yoʻq.

 

Toʻgʻri, keyingi haftalarda AQSH, Tayvan, Avstraliya, Portugaliya, Braziliya, Germaniya, Buyuk Britaniya singari baʼzi mamlakatlarda kasallanish koʻrsatkichlari sezilarli darajada oshib, oʻsish dinamikasi kuzatilyapti.

 

Ammo aksariyat davlatlarda odamlar xotirjam: yuzdan niqoblar tushirilgan, karantin qoidalari amalda emas va vaksinalar olishga koʻpchilik beeʼtibor.

 

JSST esa xavotirda. Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning taʼkidlashicha, pandemiya hali tugagani yoʻq. Kutilmaganda koronavirusning yangi va avvalgidan ham xavfli variantlari paydo boʻlishi xavfi mavjud. Odamlar esa bunga toʻliq tayyor emas.

 

Shuningdek, u mamlakatlarni koronavirus infeksiyasiga nisbatan eʼtiborsiz boʻlmaslikka chaqirdi. Qolaversa, hozir dunyoda yetarli miqdorda vaksinalar zaxirasi yaratilganiga qaramay, koʻplab davlatlarda COVID-19ga qarshi emlanishga talab keskin susayib ketgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish