Siyosat
Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad va rafiqasi shoira Saida Zunnunova xotirasiga bagʻishlangan “Adabiyotimizning qoʻsh chinorlari” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda tashkilotchilar tomonidan Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodi toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtildi. Ikki ijodkor yaratgan asarlarning oʻzbek adabiyotidagi oʻrni beqiyosligi, shuningdek, bir nechta xorij tillariga tarjima qilingani taʼkidlandi.
Atoqli oʻzbek yozuvchisi va dramaturgi Said Ahmad hamda shoira Saida Zunnunovaning qizi Nodira Husanxoʻjayeva soʻzga chiqib, ota-onasi bilan bogʻliq xotiralarini soʻzlab berdi. Shundan soʻng, Saida Zunnunovaning “Boʻl menga mahbub”, “Hay-hay”, “Oʻtdimu” nomli sheʼrlari bilan yaratilgan qoʻshiqlar ijro etildi.
Tadbir yakunida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ijrosida sahna asarlari, qoʻshiqlar va sheʼrlar ijrosi tinglandi. Faol ishtirokchilarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan kitoblar topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q