Siyosat
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilgani taʼkidlandi (yiliga 180 ming kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi). Bunda:
- 500 kilovattgacha boʻlgan GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining boshlangʻich xarid narxi tadbirkorlar uchun jozibador tariflarda belgilanadi;
- loyiha uchun yer uchastkasi auksion gʻolibiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Shu bilan birga, 1 megavattgacha quyosh va shamol, 5 megavattgacha mikroGESlarning ortiqcha elektr energiyasi kamida 10 yil davomida davlat tomonidan kafolatli xarid qilinadi.
Yil yakuniga qadar Andijon viloyatida 15 ta, Namanganda 10 ta, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida 6 tadan, Samarqand, Sirdaryoda 2 tadan, Buxoro, Jizzax, Fargʻonada 1 tadan loyihani boshlashga koʻrsatma berildi.
Umuman, mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatini hisob-kitob qilib, xususiy sheriklik loyihalarini boshlash topshirildi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilar belgilab berilgan vazifalar boʻyicha axborot berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q