Ijtimoiy tarmoqlarda "Artel"ning antiqa sovgʻasi muhokamalarga sabab boʻlmoqda

Saqlash
22:25 / 10.06.2022 874 0

Ijtimoiy tarmoqlarda "Artel" kompaniyasi tomonidan obodonlashtirish xodimiga kutilmagan sovgʻa berilgani haqida video tarqaldi. Telegram platformasidagi “Pokiza insonlar” guruhida eʼlon qilingan lavhada 53 yashar Dildora ismli ayol oyligi kamligi uchun koʻp narsa sotib ololmasligi, anchadan buyon televizor va muzlatkichi boʻlishini orzu qilishini aytgan. Bundan xabar topgan "Artel"  kompaniyasi uning orzulari ushalishiga yordam bergan.

 

Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab boʻldi. Aksariyat yurtdoshlarimiz kompaniyaning ishini olqishlagan boʻlsa, baʼzilar ayolning oddiy maishiy texnikalarni ham ololmasligiga "Artel" monopoliyasining ham hissasi borligini aytgan.

 

Bloger Aqida xonimning maʼlum qilishicha, birinchi video lavha tarqalgach, saxovatli kishilar ayolning plastik kartasiga 3 mln soʻm yigʻib berishgan. Dildora opa bunga tish qoʻydirmoqchi boʻlgan, lekin firibgarlar uning soddaligidan foydalanib, kartadagi pullarini yechib olgan.

 

Tarmoq foydalanuvchilaridan biri ayolning tishlarini tekin davolab berishini, yana boshqasi Samarqand shahriga bepul sayohat tashkillashtirishi mumkinligini maʼlum qilgan. Biroq aksar yurtdoshlarimiz bu maqbul yechim emasligi, Dildora kabi yuzlab ayollar borligi, shu bois obodonlashtirish xizmati xodimlarining maoshini oshirish zarurligini taʼkidlagan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//