
Madaniyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyaning Qo‘shma qarori asosida shu yilning 7-8-iyun kunlari “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o‘qituvchi”, “Eng namunali o‘quvchi” tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 9-iyun kuni tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Eng namunali o‘quvchi” tanlovi:
1-o‘rin. Asilbek Qurbonboyev, Mudofaa vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchisi;
2-o‘rin. Sharof Hikmatullayev, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchisi;
3-o‘rin. Jasurbek Ro‘ziyev, Davlat xavfsizlik xizmati Termiz “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘quvchisi.
“Eng namunali o‘qituvchi” tanlovi:
1-o‘rin. Husniddin Qoraboyev, Mudofaa vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” o‘qituvchisi;
2-o‘rin. Yunusjon Ahmedov, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchisi;
3-o‘rin. Gulnora Seytnazarova, Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchisi.
“Eng namunali ta’lim muassasasi” tanlovi:
1-o‘rin. Toshkent “Temurbeklar maktabi”;
2-o‘rin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi;
3-o‘rin. Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi.
Gʻoliblar pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi.
Tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Temuriylar tarixi davlat muzeyi kabi qator diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi.
Ilm-fan
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q