Moskva birjasi Oʻzbekiston soʻmining savdosini yoʻlga qoʻymoqchi

Saqlash
02:08 / 10.06.2022 869 0

Moskva birjasi valyuta bozori departamenti direktori Andrey Skabelin yaqin oylar ichida birjada Armaniston drami, oʻzbek soʻmi va Birlashgan Arab Amirligining dirxamining savdosi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

 

“Yaqin oylar ichida biz arman drami, oʻzbek soʻmi va Arab Amirligining dirxamining savdosini yoʻlga qoʻymoqchimiz. Bizda bu valyutalarga qiziqish bor va ularning qadri oʻsishini tushunamiz. Bir qator texnik ishlar hal etilishi bilan ushbu valyutalar bilan ishlashni boshlaymiz”, dedi u.


Moskva birjasida 20 xil valyutaning sotilishi yoʻlga qoʻyilishi arafasida turibdi. Lekin bu ularning hammasi sotiladi degani emas. Skabelinning soʻzlariga koʻra, ushbu valyutalarning sotuvga qoʻyilishi uchun savdo ishtirokchilari va mijozlarning ularga aniq qiziqishi mavjud boʻlishi muhim. Ana shundagina haqiqiy barqaror bozor yuzaga keladi. Undan tashqari pullarning birjada aylanishini qoʻllab turish uchun broker firmalar boʻlishi kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//