Asosiy stavka pasaytirilgani sababi aytildi

Saqlash
01:58 / 10.06.2022 877 0

Bugun Markaziy bank boshqaruvining oraliq yigʻilishida asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi.

 

Markaziy bank stavka tushirilishini izohladi.

 

“Pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarida «nisbatan qatʼiy” fazada pul bozorida 2-3 foizlik, “qatʼiy” fazada esa 4-5 foizlik real ijobiy stavkalar taʼminlashga qaratilgan pul-kredit sharoitlari yuritilishi koʻzda tutilgan edi. Aprel-may oylarida pul bozorida 6-7 foizlik real ijobiy foiz stavkalar shakllanib, pul-kredit siyosati qatʼiylik darajasining yuqori chegarasida shakllanishiga olib keldi.

 

Asosiy stavkaning joriy pasaytirilishi inflyatsion xatarlarni jilovlashga yoʻnaltirilgan “qatʼiy” pul-kredit sharoitlarini saqlab qolgan holda tashqi xatarlar uchun qoʻshilgan qoʻshimcha yuklamani neytrallashtirishga qaratilgan.

 

Tashqi iqtisodiy sharoitlar. Savdo-hamkorlarda kuzatilgan xatarli vaziyatning iqtisodiyotimizga qisqa muddatli salbiy toʻlqinlari ortda qoldi va dastlabki baholashlardan farqli ravishda soʻnggi ikki oyda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda», deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//