Jamiyat
Yoz mavsumida bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish tadbirlari uchun jami 100 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu haqida XTV matbuot kotibi Laylo Rustamova maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bolalarning mazmunli dam olishini tashkil etish uchun Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Yoz-2022” shtabi tashkil etildi. Jami 4683 nafar pedagog kadrlar 205 ta statsionar oromgohlarda bolalar bilan ishlashi uchun maxsus oʻquv dasturlari asosida oʻqitildi.
“Joriy yilgi yoz mavsumida jami 1131 ta oromgoh (205 ta statsionar va 926 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari) faoliyat koʻrsatadi. Ularda 297 mingdan nafardan ziyod bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan. Mavsum davomida bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish tadbirlari uchun jami 100 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi”, dedi Laylo Rustamova.
8-iyun holatiga 533 ta taʼlim muassasasida sogʻlomlashtirish maydonchalari tashkil etilgani va ularda 47 840 nafar bola dam olayotgani qoʻshimcha qilindi.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, sogʻlomlashtirish maydonchalarda oʻquvchilarning yozgi taʼtilini maroqli tashkil etish uchun:
Bundan tashqari yoz mavsumida 5 ta muhum tashabbus doirasida 20 dan ortiq koʻrik-tanlov, festival va sport musobaqalari oʻtkazilib, ularga 1,2 mln nafardan ortiq oʻquvchilar jalb etiladi.
Bolalarning intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishi uchun Respublika “Bolalar kutubxonasi” tomonidan 10 dan ortiq festival va koʻrik-tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Oromgohlarga 123 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib berilgan va kitob.uz platformasidan adabiyotlarning elektron va audio shakllaridan foydalanish boʻyicha sharoitlar yaratildi, deya qoʻshimcha qildi Laylo Rustamova.
Shuningdek, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan “5 tashabbus — sport bilan” shiori ostida stritbol, kurash hamda “Quvnoq startlar” sport musobaqalari tashkil etiladi. 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari va 13 ta “Bolalar kutubxonalari”ning faoliyati alohida reja asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Jumladan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida maktabdan tashqari qoʻshimcha taʼlim berish jarayonini tashkil etish uchun 7 yoʻnalishda 65 nomdagi toʻgaraklar faoliyat olib boradi. Ularda Hunarmandchilik va qoʻl mehnati yoʻnalishi, Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi, Madaniyat va sanʼat yoʻnalishi, Texnika, konstruktorlik va modellashtirish, Turizm va ekologiya yoʻnalishi hamda Xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha qator oʻquv dasturlari ishlab chiqilgani aytilmoqda.
Bundan tashqari bolalarni yoz mavsumida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida joriy yilning iyun-avgust oylari davomida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Taʼtil __ BARKAMOL bilan” shiori ostida koʻrik-tanlov va musobaqalar boʻlib oʻtadi.
Hozirda xalq taʼlimi tizimida 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari bor, ulardagi mavjud 9033 ta toʻgaraklarga 260 ming nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q