Jamiyat
Bugun, 9-iyun kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman FV boʻlimiga xabar kelib tushgan.
Yongʻinga soat 03:56 da yetib borilib, soat 04:45da qurshab olingan va yongʻin soat 05:37da bartaraf etilgan. Yongʻinni bartaraf etishga 7 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji hamda yordamchi (kamaz) jalb etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra yongʻin natijasida mebel, xoʻjalik mollari va oziq-ovqat doʻkonlarining taxminan 200 kv.m maydonda shift, tom va jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q