Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «P.Z.» MChJ rahbari S.X. aholi iste’moli uchun ajratilgan 54,9 tonna 1-navli un mahsulotini boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.U.» XK rahbari A.A. hamda «A.R» va «T.M.» XKlarining norasmiy rahbari M.O.lar uzoq va chekka hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun ajratilgan 10,1 tonna un mahsulotini Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.A., M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q