Nurafshonda Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi ochildi

Saqlash
19:48 / 09.06.2022 1296 0

Kecha, 8-iyun kuni Nurafshon shahri markazida Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda zamonaviy kutubxona binosining ochilish marosimi tashkil etildi.

 

 

Tadbirda yozuvchi va shoirlar, adiblar, adabiyotshunoslar, olimlar, ma’naviyat xodimlari, jamoat arboblari, faxriylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Mazkur bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, qo‘shimcha hovlisi ko‘kalamzorlashtirilib, ikki tashkilot xodimlari uchun maxsus chorbog‘ ham qurilgan.

 

 

Yana bir ahamiyatli jihati shuki, zamonaviy kutubxona binosi Toshkent viloyati hokimining tashabbusi bilan mazkur hududda joylashgan Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi binosiga yondosh qurildi. 

 

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Xojimatov va boshqalar mazkur ma’rifat dargohlarida yaratilgan sharoitlarni e’tirof etib, bu yurtimizda davlatimiz rahbarligida adabiyotga, ma’naviyat va ma’rifatga berilgan e’tiborning yaqqol ifodasi ekanini ta’kidlashdi.

 

 

Marosimda Toshkent viloyatidan uyushmaga a’zo bo‘lgan ijodkorlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//