Jamiyat
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
1941–1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʻrniga har oyda BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlab boriladi;
1941–1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida toʻlanadigan kompensatsiya joriy etiladi.
Bunda, qoʻshimcha toʻlov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga masʼul boʻlgan tashkilotga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar yoki nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q