Vazirlik Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining hibsga olingani yuzasidan maʼlumot berdi

Saqlash
19:32 / 09.06.2022 760 0

Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Azizbek Mirkomilov byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilinishi holati boʻyicha gumondorlardan biri sifatida hibsga olingan. U Andijon shahri hokimining qamoqqa olinishiga sabab boʻlgan jinoiy ish — byudjetning 48 milliard soʻmini talon-toroj qilishda gumondor sifatida koʻrilmoqda. Xalq taʼlimi vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tizimida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan byudjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, toʻplangan materiallar qonuniy baho berish uchun Hisob palatasi hamda XTVning Ichki audit xizmati tomonidan Bosh prokuraturaga 2021-yilning noyabr oyida taqdim etilgan va ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

 

“Ayni damda jinoyat ishi doirasida aybdorlarni aniqlash maqsadida bir nechta tashkilot va idoralar, shu jumladan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi mansabdor shaxslari ham tergovga jalb etilganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//