Madaniyat
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida taniqli xattot Habibulla Solih tomonidan “Usmon Musʼhafi”ning aynan koʻchirilgan nusxasi markazga taqdim etildi. Bu haqida markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu noyob va qimmatli tuhfa markaz direktori Shoazim Minovarov hamda markaz direktorining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari shayx Abdulaziz Mansur tomonidan qabul qilib olingan.
Tadbirda Oʻzbekistondagi diniy ulamolar, ziyolilar, soha mutaxassislari va tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. Jarayonda bevosita qatnashgan, Qurʼoni Karim tafsiri mualliflaridan biri boʻlgan ulamo Shayx Abdulaziz Mansur bu qilingan ish nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon xattotligi sanʼati va butun islom olami uchun katta va quvonchli voqea ekanini taʼkidlagan.
“Mahobatli inshoot barpo etilishidan ilhomlanib, imkon darajasida hissa qoʻshish niyatida buzoq terisidan maxsus tayyorlangan sahifalarga, musxaf matnining yoniga barcha uchun oson va tushunarli oʻqilishi maqsadida ʻnasxʻ uslubida oʻqilishini ham alohida yozdim. Jami 586 betdan ziyoda asar boʻldi. Asl nusxa sahifalarining cheti va baʼzi varaqlar yarmigacha nobud boʻlgan qismlarini xuddi oʻzidek tiklashga harakat qildim. Ikki yillik tinimsiz mehnat natijasini bugun koʻrib turibsiz”, deydi xattot Habibulla Solih.
Taʼkidlanishicha, “Usmon Musʼhafi”ning navbatdagi noyob nusxasi Islom sivilizatsiyasi markazining eng qimmatbaho eksponatlaridan biri sifatida saqlanadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q