 
                   
                    Siyosat
Prezident qarori bilan Oliy sport mahorati instituti faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Institut professional taʼlim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun oʻqish davomiyligi uch yil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Unda jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.
Taʼlim faoliyati 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanib, talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida amalga oshiriladi.
Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Bitiruvchilariga tanlangan sport turi boʻyicha “trener”, “hakam”, “seleksioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi.
Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi.
Institut Samarqand shahri, Ibn Sino koʻchasi, 17a-uy manzilidan joy egallaydi.
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Ilm-fan
 
                  Jahon
 
                  Jamiyat
 
                  Madaniyat
 109651
             109651
          Jamiyat
 94035
             94035
          Jamiyat
 89808
             89808
          Jamiyat
 72963
             72963
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q