Toshkentning atigi 3 foizi yashil hudud ekani rad etildi

Saqlash
01:04 / 09.06.2022 731 0

Toshkent shahrining atigi 3 % qismi yashillik bilan qoplangan. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilgan edi.

 

Qayd etilishicha, 2020-yilda poytaxtda atmosfera havosiga ajratilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2018-yilga nisbatan 17 foizga (316,0 ming tonna) koʻpaygan, jumladan, transport vositalari tomonidan ajratilgan moddalar 290 ming tonnaga (14 foizga oʻsgan), turgʻun manbalardan 26 ming tonnaga (62 foizga) yetgan.

 

“Havoning ifloslanishi insonlarga kanserogen zarrachalarning salbiy taʼsir koʻrsatishiga, astma, saraton, oʻpka va yurak kasalliklari kelib chiqishiga sabab boʻladi”, deya maʼlumot berilgan edi.
 

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu holat yuzasidan “Oʻzgidromet” axborot xizmati mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrining yashillik qismi boʻyicha tayyorlangan maʼlumotda texnik xatolikga yoʻl qoʻyilganligi tufayli axborot berilayotganda kamchilikka yoʻl qoʻyilganini maʼlum qiladi, deyiladi tashkilot xabarida.

 

Bugungi kunda shaharni yashillik darajasi 26.8 foizni tashkil etadi.

 

“Keltirilgan noqulayliklar uchun jamoatchilikdan uzr soʻraymiz”, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//