Siyosat
Ukrainaning Zakarpatya viloyatiga 6-iyun kuni Oʻzbekistondan insonparvarlik yordami keldi.
Uning soʻzlariga koʻra, 19 tonnadan ortiq dori-darmonlar samolyot orqali Slovakiyadagi gumanitar markazga yetkazilgan, shundan soʻng ular Zakarpatyaga yetkazilgan.
Viktor Mikitaning taʼkidlashicha, gap 12 nom 200 ming donadan ortiq miqdordagi antibiotik va vitaminlar haqida ketmoqda. Yordam qiymati 1 mln dollardan oshadi.
Gumanitar yordam jangovar hududlar va kasalxonalardagi harbiy shifokorlarga yuboriladi, deyiladi xabarda.

“Koʻrsatgan yordami uchun oʻzbekistonlik doʻstlar, tadbirkorlar, koʻngillilar va shaxsan Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenkoga koordinatsiya va samarali gumanitar yoʻlak tashkil etgani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz”, — dedi Zakarpatya rahbari.
Bu Oʻzbekistondan Ukrainaga yuborilgan ikkinchi yukdir. Birinchi marta yordam — 34 tonnadan ortiq dori-darmon, individual dori-darmon qutilari va uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat aprel oyida yetkazildi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
109755
Jamiyat
94131
Jamiyat
89921
Jamiyat
73123
Jamiyat
//
Izoh yo‘q