Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs “Cobalt” haydovchisini pichoqlagani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani haqida videoyozuv tarqaldi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan maʼlumotlarga ko‘ra, videoyozuvda aks etilgan holat bo‘yicha 2-iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb eʼlon qilinib, 1 nafariga “qamoqqa olish” va 6 nafariga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Tergov davom etmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q