“Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o‘qituvchi”, “Eng namunali o‘quvchi” tanlovlarining respublika bosqichi boshlandi

Saqlash
05:35 / 08.06.2022 1378 0

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyaning Qo‘shma qarori asosida shu yilning 7-8 iyun kunlari “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o‘qituvchi”, “Eng namunali o‘quvchi” tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur ko‘rik-tanlovlarning hududiy bosqichi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh ishtirokida 2022 yilning aprel oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent “Temurbeklar maktabi”, Mudofaa vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”, Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi”, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” va Davlat xavfsizlik xizmati Termiz “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseylaridan jami 120 ta o‘qituvchi va 850 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

 

 

“Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o‘qituvchi”, “Eng namunali o‘quvchi” tanlovlarining Respublika bosqichida 6 ta ta’lim muassasasi, 6 nafardan o‘qituvchi va o‘quvchi qatnashdi. 

 

Bu jarayonda harbiy-akademik liseylar va ularning o‘qituvchi va o‘quvchilarida uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovasion uslublar ishlab chiqib amaliyotga qo‘llashi, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar e’tiborga olinib, belgilangan shartlar bo‘yicha baholandi. Jumladan, “Eng namunali o‘qituvchi” tanlovida mashg‘ulotning tashkil etilishi, mashg‘ulot mazmuni, pedagogik madaniyati, o‘qitish metodikasi, faoliyat samaradorligi hamda maktabdan tashqari faoliyatidagi yutuqlari alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, “Eng namunali o‘quvchi” tanlovida “Kitobxonlik”, “Test savollari”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “Shaxsiy fazilatlarini baholash” hamda “Amir Temur obrazini yaratish” singari shartlar orqali baholandi.

 

 

Tanlovning tantanali taqdirlash marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//