 
                   
                    Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, transport vaziri I.Mahkamovga:
- aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;
- Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi tez yurar avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;
- hududlar oʻrtasida avia, temir yoʻl va avtotransport qatnovlarini koʻpaytirish ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilgani koʻrsatib oʻtildi va oxirgi marta ogohlantirish berildi.
Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:
- 1-iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash;
- 1-avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga koʻpaytirish topshirildi.
Temir yoʻl tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Avtomobil yoʻllari sohasida qurilish sifati va ajratilayotgan mablagʻlar nazorati boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Ilm-fan
 
                  Jahon
 
                  Jamiyat
 
                  Madaniyat
 109651
             109651
          Jamiyat
 94035
             94035
          Jamiyat
 89808
             89808
          Jamiyat
 72963
             72963
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q