Siyosat
“Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etildi:
Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi 279 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ularning filiallari negizida 254 ta sport maktabi;
Vazirlik tasarrufidagi 56 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari negizida 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
Sport maktablariga 4 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlar qabul qilinadi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan ommaviy sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, 4-6 yoshli bolalar sport turlaridan kelib chiqib dastlab sport maktabining sport-sogʻlomlashtirish guruhida olimpiya sport turlari yoki milliy kurash boʻyicha 8 oygacha bepul shugʻullanadi.
Sport maktabining sport-sogʻlomlashtirish va boshlangʻich tayyorgarlik guruhlarida tayyorgarlikdan oʻtgan, professional sportga salohiyati bor oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan sport maktabining tegishli yoʻnalishiga (sportning oʻyin turlari va yengil atletika, suv sporti turlari, yakka kurash va gimnastika) oʻqishga qabul qilinadi.
2022/2023 oʻquv yilidan:
- aholisi 200 mingdan yuqori boʻlgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kamida 20 ta olimpiya sport turlari;
- aholisi 150 mingdan 200 minggacha boʻlgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kamida 15 ta olimpiya sport turlari;
- aholisi 150 minggacha boʻlgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida kamida 10 ta olimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar tayyorlanadi.
Sport maktablari kontingenti faqat Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno) sport turlari boʻyicha shakllantiriladi.
Sport maktablari trenerlariga noolimpiya sport turlari boʻyicha, shuningdek, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sport sinovlaridan keyingi bosqichlarga oʻta olmagan oʻquvchilar uchun olimpiya sport turlari boʻyicha pullik asosda toʻgaraklar tashkil etishga ruxsat beriladi.
Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlariga sport maktablarida mashgʻulotlar bepul oʻtkaziladi.
Qaror bilan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etildi.
Mazkur markazlarda oʻqish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda 5–11-sinflar uchun Olimpiya maktablari;
- ikkinchi bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kollejlari faoliyat koʻrsatadi.
Shuningdek, Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi sport maktablari trenerlarining bazaviy tarif stavkalari 2022-yil 1-sentyabrdan oʻrtacha 1,35 baravarga oshiriladi.
2023-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari musobaqalari sport turlari xususiyatlariga muvofiq, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan, xalqaro sport tashkilotlarining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari (kichik oʻsmirlar, oʻsmirlar, yoshlar, U-23 va kattalar) oʻrtasida yilda bir marta oʻtkaziladi, bunda musobaqalarni tugʻilgan yillar kesimida oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2023-yildan har yili qoʻshimcha ravishda:
- sport maktablarining tibbiyot xonalarini zamonaviy asbob-uskunalar, dori-darmon va tiklanish vositalari bilan jihozlashga – 10 milliard soʻm;
- sport maktablari uchun zamonaviy oʻquv adabiyotlarini chop etish va xarid qilishga – 2 milliard soʻm;
- viloyat, respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan sport maktablari shugʻullanuvchilarini (terma jamoalarini) maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) bilan taʼminlashga – 23 milliard soʻm ajratiladi.
2022-2023 oʻquv yilidan Toshkent viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Dilobar
12:01 / 01.01.1970
Juda yaxshi