Siyosat
Prezident raisligida boʻlib oʻtayotgan yigʻilish davom etmoqda.
Auksionga taklif etilgan 45 mingta yerning 3 mingtasi kelishiladigan idoralar tomonidan qaytarilgani koʻrsatib oʻtildi.
Bunga asosiy sabab hududlarning bosh rejasi yoki arxitektura rejalashtirish loyihalarining yoʻqligidir.
Shaharlarning bor-yoʻgʻi 30 foizida bosh reja, qishloqlarning 1 foizida arxitektura rejalashtirish loyihalari mavjudligi tanqid qilindi.
“Ochiq aytish kerak, shaharlarning bosh rejasini ishlab chiqishni davlat loyiha institutlari «monopoliya” qilib olgan.
Investitsiya dasturlari doirasida davlat loyiha institutlariga har yili katta mablagʻlar ajratilyapti, lekin bironta tuman yoki shaharning bosh rejasi oxiriga yetkazilmagan. Narxlar ham chet ellik yoki xususiy loyiha tashkilotlari narxlariga nisbatan bir necha barobar qimmat.
Shu bois, qurilish sohasini transformatsiya qilish boʻyicha ham alohida muhokama oʻtkazaman», dedi davlat rahbari.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91362
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q