Jamiyat
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2021-yilning oktyabr oyida 3-kurs talabasiga tegajogʻlik qilgani va uni oynadan itarib yuborgani aytilgan dekan oʻrinbosari hibsga olingani xabar qilingandi. Bugun dekan oʻrinbosariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi materiallari sudda koʻrib chiqilib, hukm oʻqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Kasimov raisligida koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, B. Yu. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun assoslar) 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilindi.
B. Yu. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil-koloniyalarda oʻtattirilishi belgilandi.
Shuningdek manfaatdor shaxslarga mulkiy undiruv masalasida fuqarolik sud ish yurituvi tartibida murojaat qilish lozimligi tushuntirildi.
Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q