Siyosat
Prezident raisligida xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yil yakuniga qadar rejalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda ish oʻrni yaratishdagi kamchiliklar haqida gapirgan.
“Lekin ayrim tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ishlarni toʻgʻri tashkil eta olmayapti. Misol uchun, xizmatlar sohasida yanvar-may oylarida 756 ming ish oʻrni yaratildi. Lekin, ish oʻrinlarining atigi 232 mingtasi yoki 31 foizi yangi obyektlarda yaratilgan. Qolgan 510 mingta ish oʻrni oʻzini oʻzi band qilganlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda”, degan prezident.
Maʼlum boʻlishicha, yangi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida ish oʻrinlari yaratish boʻyicha Toshkent shahri, Samarqand, Fargʻona, Andijon viloyatlari natija koʻrsatgan, Jizzax, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryodagi ishlar ahvoli qoniqarsiz deb topilgan.
2022-yilda xizmatlar sohasida 120 mingdan ortiq yangi loyihani ishga tushirish, xizmatlar hajmini 435 trillion soʻmga yetkazish (oʻtgan yili 283 trillion soʻm boʻlgan) hamda sohada 1,5 million ish oʻrni yaratish reja qilingandi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91362
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q