 
                   
                    Madaniyat
Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyuruvchilar uchun 10-iyundan boshlab aviaqatnovlar, chegaradosh temir yoʻl stansiyalari va avtomobil oʻtkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq oʻrnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu sababli xorijlik sayyohlar Oʻzbekistonga kelishidan oldin koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi boʻyicha manfiy natijali maʼlumotga ega boʻlishi, koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega boʻlishi talab etiladigan maxsus komissiyaning bayonlari bilan kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq qoidalar bekor qilinadi.
Komissiya Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va kasallanishning dinamik pasayishi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan va shifoxonalardan chiqarilayotganlar bemorlar sonining shifoxonaga yotqizilganlar soni, karantindan chiqarilayotgan fuqarolar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ijobiy tomonga oʻzgarganini hisobga olgan.
Shuningdek, dunyo mamlakatlarida epidemiologik vaziyatni eʼtiborga olib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda Turizm va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda shunday qaror qabul qilingan.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q