Iqtisod
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va AOKA hamkorligida jurnalistlar uchun “Bogʻiston non” xorijiy korxonasiga press tur tashkil etildi. Qolipli (buxanka) nonning ishlab chiqarilish jarayoni, bozorga qay holatda yetkazilayotgani haqida soha mutaxassislari maʼlumot berdi. Press turda qatnashgan oyina.uz muxbirining mutaxassisga tayanib maʼlum qilishicha, non narxi oshirilishi oldindan rejalashtirilgan.
– Non va non mahsulotlari narxi bir kunda oshib qolgani yoʻq. Bu avvaldan puxta oʻylangan reja. Narx sunʼiy ravishda koʻtarilmadi, bu unning erkin savdoga chiqarilishi bilan bogʻliq. Qoʻshni davlatlar bilan solishtirganda bizda non mahsulotlari hozir ham 30–50 foizga arzon. Non yetishmovchiligi haqidagi vahima esa asossiz. Ayni damda un zaxiralarimiz 4 kunga yetadi va bu normal holat, – dedi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi mutaxassisi Shahobiddin Ortiqov.
Qolipli nonning tannarxi 2700 soʻmni tashkil etayotgani aytildi.
– Ayni vaziyatda aholining ehtiyojmand qatlamlari ham yoddan chiqarilmadi. Kam taʼminlangan oilalarga kishi boshiga 20 kilogrammdan un berildi. Ehtiyojmand oila va pensionerlarga 300–400 ming soʻmdan tarqatildi. Hozirda qolipli (buxanka) nonning mahsulot tannarxi 2700 soʻmni tashkil etadi, – dedi Shahobiddin Ortiqov.
“Bogʻiston non” korxonasi texnologining soʻzlariga koʻra, non narxining oshishi ishlab chiqarish hajmiga taʼsir koʻrsatmagan:
– Korxonamizda 27 turdagi non mahsulotlari ishlab chiqariladi. Narxning oshishi mahsulot xaridiga hech qanday taʼsir oʻtkazmadi, yaʼni savdoda oʻsish va pasayish kuzatilmadi.
Shodiyona Xushmurodova
Foto: Xolida Musulmonova
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q