Jamiyat
Toshkent viloyatida transport vositasini jarima maydonchasiga qo‘yish uchun olib ketilayotganda yon o‘rindiqda o‘tirgan haydovchi o‘zini mashinadan tashlab yubordi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, voqea 20 may kuni Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan. YPX inspektori tomonidan «VAZ-2121» rusumli avtoulov to‘xtatilib, haydovchi 1995 y.t. G‘.Sh.ning avtotransport boshqarish uchun hujjatlari yo‘qligi aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan MJtKning 135-moddasi 1-qismi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«Avtotransport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun YPX inspektori boshqaruvida harakatlanib ketayotganida old o‘rindiqda o‘tirgan fuqaro G‘.Sh. avtotransport eshigini ochib, o‘zini avtomashinadan tashlab yuborgan», — deyiladi xabarda.
YPX inspektorlari tomonidan fuqaro G‘.Sh.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Haydovchiga «bosh miya ochiq jarohati, bosh miyaga qon quyilishi og‘ir holati, bosh miya siljishi» tashxisi qo‘yilgan.
6 iyun kuni soat 23:00 larda fuqaro G‘.Sh. Toshkent shaxrida joylashgan 39-sonli shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Ijtimoiy tarmoq faollaridan holat to‘liq o‘rganilib, vaziyatga huquqiy baho berilmagunga qadar, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q