Jamiyat
Daraxt, buta va boshqa oʻsimliklarni hamda nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik uchun oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish choralari belgilanishi mumkin. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida keltirilgan.
Unga koʻra, daraxt, buta va boshqa oʻsimliklarni hamda nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlaganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda.
Jumladan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdorlar uchun yigirma baravarigacha miqdorda jarima solish belgilanmoqda.
Shuningdek, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish choralarini belgilash koʻzda tutilmoqda.
Yigʻilishda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109965
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73405
Jamiyat
//
Izoh yo‘q