Birinchi Prezident qabulxonasiga rahbar boʻlgan Georgiy Kraynov vafot etdi

Saqlash
00:44 / 07.06.2022 1321 0

Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabulxonasiga rahbar boʻlgan Georgiy Alekseyevich Kraynov 4-iyun kuni, 90 yoshida vafot etdi. Bu haqida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rasmiy sahifasida xabar berildi.

 

Georgiy Kraynov 1933-yil 21-noyabrda Andijon shahrida tugʻilgan. Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini “Andijanskaya pravda” gazetasida boshlagan. U yerda Kraynov muharrir, masʼul kotib, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1976-yilda Kraynov Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti targʻibot va tashviqot boʻlimining gazeta va jurnallar sektori mudiri lavozimida ishlagan. Oradan bir yil oʻtib, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibining yordamchisi etib tayinlangan. Marhum Sharof Rashidov bilan uzoq yillar birga ishlagan.

 

Georgiy Kraynov Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi, Prezident qabulxonasi bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

U 2018-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Marhum “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Doʻstlik”, “Mehnat shuhrati” ordeni, va “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//