Jamiyat
Bosh prokuratura tomonidan tibbiyot xodimlari faoliyatiga toʻsqinlik qilish va ularga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2018-2021-yillarda respublikada 470 dan ortiq holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan. Loyihaga koʻra, shifokorlarga qoʻl koʻtarganlar maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Xususan, shifokorlarga zoʻravonlik qilish ogʻirroq javobgarlikni keltirib chiqaradigan bezorilik jinoyati, deb baholanmoqda. Bezorilik jinoyati oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilishi uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishiga olib kelishi koʻrsatilib, buning natijasida tibbiyot xodimlariga bezorilik oqibatida tajovuz qilganlik uchun javobgarlik ogʻirlashtirilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91362
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q