Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda

Saqlash
23:41 / 06.06.2022 730 0

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab issiq havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 35-38 daraja issiq bo‘ladi.

 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertadan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlari chiqishi boshlanadi. O‘zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni 38-39 daraja issiq atrofida, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42 daraja issiqqacha bo‘ladi, bu ushbu davr uchun me’yordan 5-6 darajaga yuqoridir.

 

Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlarini kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu kuni havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 

7-9 iyun kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, 10 iyunda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//