Farg‘onada o‘tkazilgan ma’naviyat kunlarida yarim million aholi qamrab olindi

Saqlash
22:18 / 06.06.2022 910 0

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat Teatr-konsert saroyining ochiq sahnida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida 30 maydan beri o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida yakuniy gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirni Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Nodirjon Xolbo‘tayev hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov ochib berdi.

 

 

Bir hafta davomida poytaxtimizdan kelgan uch yuzdan ziyod madaniyat, san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida viloyatning shaharu qishloqlarida 350 dan ziyod konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilmlar namoyishi tashkil etilib, bu tadbirlarga qariyb yarim million viloyat aholisi qamrab olingani qayd etildi.

 

 

O‘zbek san’atining zabardast vakillari va yosh yulduzlari ijrosidagi Vatanni, ona yurtni, tinchlikni tarannum etuvchi diltortar kuy-qo‘shiqlar, yig‘ilganlarning ularga hamohang raqslari 3 soatdan ziyod davom etgan gala-konsertga haqiqiy madaniyat va san’at bayrami shukuhini berdi.

 

Konsert yakunidagi yorqin mushakbozlik ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//