Maymun chechagi virusi uch barobar ko‘paydi

Saqlash
21:53 / 06.06.2022 1096 0

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda maymun chechagi virusi  bo‘yicha 780 ta holat qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich bir hafta oldin aniqlangan 257 ta holatga nisbatan uch barobar ko‘p.

 

Odatda Afrikadan tashqariga chiqmagan  bu infeksiya hozirda dunyoning 27 ta mamlakatida qayd etilgan. Ushbu kasallik Yevropa va Shimoliy Amerikada, shuningdek Meksika, Argentina, Marokash va Birlashgan Arab Amirliklariga ham tarqaldi. Eng ko‘p holat Buyuk Britaniyada (207 ta), Ispaniyada (156 ta) va Portugaliyada (138 ta) qayd etildi.

 

Virusning alomatlariga isitma, bosh og‘rig‘i, shishish, bel og‘rig‘i,  mushaklar og‘rig‘i, shuningdek, turli bosqichlarda o‘tadigan toshma kiradi.

 

Virusning inson salomatligi uchun xavflilik darajasi past, ammo virus yuzlab mamlakatlarda keng tarqalib ketsa, sog‘liq uchun xavf yuqori bo‘lishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//