Madaniyat
Xabaringiz bor, 30-maydan buyon Farg‘ona viloyatida taniqli yozuvchilar, shoirlar, kinoijodkorlar va san’atkorlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirlar doirasida Kinematografiya agentligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Farg‘ona viloyati umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida namoyish etilgan kinofilmlar bo‘yicha “Film qahramonlaridan o‘rnak olamiz” mavzusida insholar tanlovi ham o‘tkazildi.
Tanlov 3 bosqichda, 8-11 sinflar o‘rtasida tashkil etilib, unda 2850 ta umumta’lim maktabining 176 mingdan ziyod o‘quvchilari ishtirok etdi. Tuman bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 56 nafar o‘quvchi viloyat bosqichida qatnashdi va quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin. Muhsinova Muslimaxon,
2-o‘rin. Abduqahhorova Mohizar,
3-o‘rin Avazbekova Mohiraxon.
– Tanlovda ishtirok etganimdan va ayniqsa, o‘zim yaxshi ko‘rgan shoir Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film haqida insho yozganimdan juda ham xursandman. Yakuniy bosqichda xalqimiz suygan mashhur kinoaktyorlar qo‘lidan diplom va sovg‘alarni olganimiz ham qalbimizda unutilmas taassurot qoldirdi. Mana shunday tanlovlar ko‘proq o‘tkazilsin, – deya o‘z taassurotlarini ulashdi birinchi o‘rin sohibasi Muslimaxon Muhsinova.
– Farg‘onada taniqli san’atkorlar va boshqa ijod vakillari ishtirokidagi barcha tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. “Film qahramonlaridan o‘rnak olamiz” mavzusidagi insholar tanlovi Farg‘onada ham a’lo darajada tashkil etildi va shaffoflik asosida bo‘lib o‘tdi. Men o‘quvchilardagi milliy kino san’atiga bo‘lgan qiziqishni, muhabbatni ko‘rib quvonib ketdim. Tanlovda faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilar o‘ylaymanki, kelajakda tanlagan sohalarida yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishadi va milliy filmlarimizni doim sevib tomosha qilishadi, – dedi Xalq ta’limi vaziri maslahatchisi Nasiba Mamaraimova.
– Farg‘ona viloyatining barcha umumta’lim maktablarini qamrab olgan insholar tanlovi eng asosiysi, o‘quvchilardagi dunyoqarashni, kino san’atiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil fikrlay olish qobiliyatini baholab berdi. Yakunlash bosqichida mening rejissyorligimda suratga olingan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haqida “Tirik sayyora” hujjatli filmi haqida o‘quvchilar insholar yozishdi, bundan faxrlanib ketdim. Insholar tanlovi an’anaga aylanib qoldi, kelgusida boshqa viloyatlarda ham mana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tkazamiz, degan niyatdaman, – deya so‘zladi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduhalil Mignorov.
Tanlov g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, yakuniy bosqichda ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q