Jamiyat
Andijon viloyati Izboskan tumanida 23-may kuni suv taʼminoti idorasi xodimi qarzdor isteʼmolchilar tomonidan kaltaklangan. Bu haqida “Andijon suv taʼminoti” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamiyating Izboskan tumani filiali xodimi A.S. Yangi avlod mahallasining Oqshom koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Q. A.ga ham foydalanilgan toza ichimlik suvidan 625 ming soʻm miqdorida qarzdor ekanini ogohlantiruvchi talabnoma yetkazib bergan. Bunga javoban fuqaro jamiyatning vakolatli xodimini kaltaklagan. «Bizga mana shuncha qarzdorlikni sen chiqargansan, deb meni temir kalit bilan solib oʻtiribdida. Onasi supurgi bilan, oʻgʻli mashina klyuchi bilan urib, menga tan jarohati yetkazdi. Orada burnim sinib, 3-4 kun bolnitsada yotib chiqdim», degan xodim.
Ammo holat yuzasidan surishtiruv olib borilgach, tuman hokimligi matbuot xizmati suvchining qarzni undirishga mast holda borganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 2022-yil 12-aprel kuni jabrlanuvchi A.S.ga nisbatan qoʻshnisi Izboskan tumani Toshloq MFY Adolat-1 koʻchasida yashovchi M.N.B (ayol kishi)ni haqorat qilgani yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirib, belgilangan muddatda sud muhokamasiga taqdim etilgan, holat yuzasidan 17-may kuni Andijon tuman Sudi tomonidan A.S.ga nisbatan BXMning yarim barobari 135 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shundan soʻng A.S. 23-may kuni yana ushbu qoʻshnisi N.M. xonadoniga soat taxminan 19:30 da borib (A.S. holat yuzasidan bergan koʻrsatmasida N.M.ning xonadoniga mast holatda borganini bayon etgan), isteʼmolchi tomonidan foydalangan toza ichimlik suvidan 625 ming soʻmlik qarzdorligi boʻyicha talabnomani berib, uning ayollik shaxsiyatini kamsitgan. Ular janjallashib turgan vaqtda ularni ajratish uchun kelgan N.M.ning oʻgʻli M.M. onasiga nisbatan A.S. tomonidan qilingan muomalasiga chidolmasdan, uning yuz qismiga mushti bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Holat ushbu kuni Izboskan tumani IIBning Shakl-1 kitobidan 1011-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
“Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar hamda sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan sud muhokamasiga taqdim qilish chorasi koʻrilmoqda. Tez orada muhokamaning yakuniy natijasini ham eʼlon qilamiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q