Jamiyat
AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida tarqalayotgan maymun chechagi infeksiyasi va uning Oʻzbekistonga kirib kelishini oldini olish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Bu haqida Oyina.uz muxbiri xabar berdi.
«Bugungi kunda kasalliklarning chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida respublika boʻyicha davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yoʻllarida, 11 tasi xalqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yoʻl va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yoʻlovchilarni tibbiy-sanitariya koʻrigini yaxshilash maqsadida barcha xalqaro aeroportlar va avtomagistral yoʻllarda joylashgan yoʻlovchi oʻtish oqimi yuqori boʻlgan sanitariya-karantin punktlari zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha taʼminlangan.
Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirildi va u yerdagi xodimlar hushyorligi oshirib borilmoqda», dedi Nurmatov.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q