
Siyosat
“Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati rahbari Ilhom Maʼrupov bu boradagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Ushbu yosh chegarasiga 1957-yil 30-iyun kunigacha tugʻilgan insonlar kiradi.
Yosh chegarasi bilan bogʻliq mazkur tartib – Oʻzbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qatʼiy talabi hisoblanadi.
Boʻlajak hojilar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech, Oxford-AstraZeneca, Moderna yoki Johnson & Johnson vaksinalarining toʻliq dozasini qabul qilgan boʻlishlari shart.
Barcha ziyoratchilar meningitga qarshi 4 valentli vaksinani qabul qilgan boʻlishi zarur.
Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR maʼlumotnomani taqdim etishi lozim.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q