Iqtisod
Markaziy bank milliy valyuta — soʻm ramzini ishlab chiqish boʻyicha ikki bosqichda oʻtkazilgan tanlov natijalarini eʼlon qildi.
Saralash bosqichi tanlov tashkiliy qoʻmitasi tomonidan oʻtkazildi va quyidagilarni oʻz ichiga oldi:
Dastlabki saralash – har bir tanlov loyihasini texnik talablarga muvofiqligini koʻrib chiqish.
Natijada 508 ta ijodiy loyiha tanlab olindi va ularning har biriga maxfiylikni taʼminlash maqsadida individual shifr raqamlari berildi.
Texnik ekspertiza – shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi boʻyicha tekshirildi. 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar esa tanlov hakamlar hayʼatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etildi.
Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari tanlov ishlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:
Tanlov natijalariga koʻra, hayʼat tomonidan Oʻzbekiston milliy valyutasi – soʻmning oʻziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.
Keng jamoatchilikni pul birligi ramzini yaratishga jalb qilish maqsadida Markaziy bank tomonidan Milliy valyuta — soʻm ramzini ishlab chiqish boʻyicha tanlov joriy yilning 8-fevralidan 31-martiga qadar oʻtkazildi. Joriy yilning 1-aprel holatiga milliy valyuta ramzini ishlab chiqish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovga yuborilgan arizalarning umumiy soni 17 mingdan ortiqni tashkil etdi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q