Jamiyat
Hukumat qarori (300-son, 02.06.2022 y.) bilan «Yangi O‘zbekiston» universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, davlat granti «Yangi O‘zbekiston» universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.
Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:
Davlat grantini olgan talabalar Universitetni tamomlagach Prezident ta’lim muassasalari agentligi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
Shuningdek qaror bilan, O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi belgilandi.
Bunda Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasining BHMning 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi.
Talabgorlar o‘quv yilining 15 dekabrigacha Agentlikka ariza bilan murojaat qiladi (o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi).
Subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagach Agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
Magistratura yoki doktoranturada o‘qish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q