Jamiyat
Oʻzbekistonliklar uchun Haj mavsumi 18-iyun kuni boshlanib, 31-iyul kuni yakunlanadi. Bu haqida Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston ziyoratchilari 18-iyun kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining havolaynerlari orqali Saudiya Arabistoniga parvoz qiladi. Safarga joʻnash aviaqatnovlari shu yil 30-iyuniga qadar davom etadi.
Ziyoratchilar mamlakatning 7 ta hududi: Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan. Barcha reyslar toʻgʻridan-toʻgʻri Madina shahriga amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, joriy yil 14-31-iyul kunlari esa ziyoratchilarimiz ushbu mamlakatdan yurtimizga olib kelinadi.
Avvalroq Oʻzbekistonliklar uchun Haj safari toʻlovi salkam ikki barobarga oshirilgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91362
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q