Fargʻonada 40 nafar hokim yordamchisi ishdan boʻshatildi

Saqlash
21:57 / 03.06.2022 1021 0

Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, aprel oyida hokim yordamchilari 3 oylik faoliyatining dastlabki natijalari tahlil qilinganda, hududida yangi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan, kichik sanoat va servis loyihalarini ishga tushirgan, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashgan 400 ga yaqin hokim yordamchilari bilan birga, ishida natija koʻrinmagan, mahallasida ishsizlik koʻrsatkichi yuqori boʻlgan 200 dan ziyod hokim yordamchilari ham borligi maʼlum boʻlgan.

 

Shunga koʻra, Fargʻona viloyatida faoliyati qoniqarsiz deb topilgan 38 nafar hokim yordamchisi oʻz arizasiga koʻra, yana ikki nafari esa sud qarori asosida ishdan boʻshatilgan.

 

Qayd etilishicha, faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan jami 205 nafar hokim yordamchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun 28−29-aprel kunlari ikki kunlik malaka oshirish seminari tashkil etilgan. Ushbu hokim yordamchilarining katta qismi seminarda berilgan zarur tavsiya va yoʻriqnomalarni yaxshi oʻzlashtirib, ish faoliyatlarini yangidan tashkil qilgan boʻlishsada, lekin oʻnlab mahallalarda ijobiy oʻzgarish qayd etilmagan.

 

Shuningdek, viloyatning eng yaxshi natija koʻrsatgan Bagʻdod tumani “Chekxitoy” MFYdagi hokim yordamchisi Nurmatjon Gʻoziyev prezident tomonidan ajratilgan sovgʻa MacBook Pro noutbuki bilan taqdirlangan.

 

“Ijobiy natijaga erishgan yana 342 nafar hokim yordamchisiga esa Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tashakkurnomalari taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//